Agar shaxs giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalarni oluvchiga, aslida mazkur vosita yoki moddalarning egasi boʻlgan boshqa shaxsning iltimosi (topshirigʻi) boʻyicha bersa, ularni berayotgan shaxsning harakatlari, basharti u berilayotgan narsaning xususiyati toʻgʻrisida aniq bilgan boʻlsagina, mazkur vosita, moddalarni qonunga xilof ravishda oʻtkazishda birgalikdagi bajaruvchi sifatida kvalifikatsiya qilinishi lozim.