Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda olib kirish, olib chiqish va tranzit tarzda oʻtkazish deganda, ularni Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan qonunda belgilangan tartibni buzgan holda olib oʻtish tushuniladi. Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda olib kirish, olib chiqish va tranzit tarzda oʻtkazish bilan bogʻliq harakatlarni kvalifikatsiya qilishda, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 6-sentabrdagi “Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish va kontrabandaga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi 18-sonli qarorining 17-bandida berilgan tushuntirishlarga amal qilish lozim.