Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda olish deganda, ularni har qanday usulda, jumladan, sotib olish, hadya yoki bajarilgan ish, koʻrsatilgan xizmat yoinki qarzni uzish evaziga oʻzaro hisob-kitob, shuningdek, boshqa tovar va ashyolar bilan almashtirish sifatida qabul qilish, topib olganda oʻzlashtirish, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar roʻyxatiga kiritilgan yovvoyi oʻsimliklar yoki ularning qismlarini terish, tarkibida giyohvandlik vositasi boʻlgan ekinlar yigʻishtirilgandan soʻng qoʻriqlanmay qolgan maydonlardan ularning qoldiqlarini terish hisoblanishi lozim.