Gumon qilinuvchi va ayblanuvchini himoya huquqi bilan taʼminlashga oid qonunlarni qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 13-band. Qonunga muvofiq, ish boʻyicha JPK 51-moddasida koʻrsatilgan hollar mavjud boʻlganda, unda…

Qonunga muvofiq, ish boʻyicha JPK 51-moddasida koʻrsatilgan hollar mavjud boʻlganda, unda himoyachining ishtiroki shart ekanligi belgilangan boʻlib, bu talabga rioya etmaslik jinoyat-protsessual qonuni normalarini jiddiy buzish deb hisoblanadi. Tushuntirilsinki, “jismoniy nuqsoni yoki ruhiy holati buzilgani sababli oʻzini oʻzi himoya qilish huquqini amalga oshirishga qiynaladigan shaxslar” deganda, jumladan, aqli raso deb topilgan boʻlsa-da, ammo ruhiy faoliyati doimiy yoki vaqtincha buzilgan, nutqida, koʻrishida, eshitishida jiddiy kamchiliklari boʻlgan yoki boshqa ogʻir xastalik bilan kasallangan shaxslar tushunilishi lozim.