Raislik qiluvchi hukm eʼlon qilingandan soʻng sudlanuvchiga va boshqa taraflarga hukmning mazmunini, uning ustidan apellyatsiya va kassatsiya shikoyati berish tartibi va muddatini, shuningdek, sud majlisi bayonnomasi, audioyozuv bilan tanishish va unga nisbatan eʼtirozlar bildirish huquqini tushuntiradi. Agar sudlanuvchi umrbod ozodlikdan mahrum qilish yoki uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan boʻlsa, unga afv soʻrab iltimos qilish huquqi va tartibi ham tushuntiriladi.