Sud berilgan shikoyat va bildirilgan protestlar toʻgʻrisida mahkumlarni, oqlangan shaxslar, himoyachilar hamda ushbu shikoyat va protest boshqa shaxslardan qaysi birining manfaatiga taalluqli boʻlsa, shu shaxslarni xabardor qilishi hamda ularning protest yoki shikoyat ustidan eʼtiroz berish huquqini tushuntirishi shart. Shu bilan bir paytda mahkumga, jabrlanuvchiga va oqlangan shaxsga shikoyat, protest nusxalari yoxud ularning elektron nusxalari bilan hukm chiqargan sudning internet-resursi orqali tanishish mumkinligi toʻgʻrisida xabarnoma yuboriladi (JPK 497⁶ , 503 , 518-moddalari ). Qonunning bu talabi buzilgan taqdirda, sud uni bartaraf etish chorasini koʻrishi kerak.