Gumon qilinuvchi va ayblanuvchini himoya huquqi bilan taʼminlashga oid qonunlarni qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 28-band. Mahkumning apellyatsiya instansiyasi sudida ishtirok etishi uning oʻz himoya huquqini…

Mahkumning apellyatsiya instansiyasi sudida ishtirok etishi uning oʻz himoya huquqini amalga oshirishi nuqtai nazaridan ham, shikoyat va protestlar xolis hal etilishi uchun ham juda muhimdir. Shuning uchun sudlar mahkumning, shu jumladan, qamoqda yoki uy qamogʻida saqlanayotgan mahkumning uni apellyatsiya instansiyasi sudi majlisiga tushuntirish berish uchun chaqirish toʻgʻrisidagi iltimosnomasini qanoatlantirishlari kerak (JPK 497¹⁶-moddasi ).