Jinoyat-protsessual kodeksi 50-moddasi toʻrtinchi qismiga muvofiq “Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda gumon qilinuvchining, ayblanuvchining yoki sudlanuvchining himoyachisi sifatida davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokatning ishtirok etishini taʼminlash chorasini koʻradi. Bunday hollarda advokat mehnatiga haq toʻlash xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 21-noyabrdagi “Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokatlarni jalb etish va ularga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 774-son qarori 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokatlarni jalb etish va ularga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomda belgilanadigan tartibda davlat hisobidan qoplanadi.