Gumon qilinuvchi va ayblanuvchini himoya huquqi bilan taʼminlashga oid qonunlarni qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 4-band. Sudlar ish boʻyicha isbotlanishi lozim boʻlgan barcha holatlar albatta sinchkovlik bilan…

Sudlar ish boʻyicha isbotlanishi lozim boʻlgan barcha holatlar albatta sinchkovlik bilan, har tomonlama, toʻliq va xolisona tekshirilishi zarurligi haqidagi qonun talablariga ogʻishmay rioya etishlari, ayblanuvchini nafaqat fosh etadigan, balki oqlaydigan, shuningdek, uning javobgarligini yengillashtiradigan va ogʻirlashtiradigan holatlarni ham aniqlashlari shart. Ish boʻyicha haqiqatni aniqlash uchun faqat Jinoyat-protsessual kodeksida belgilangan tartibda toʻplangan, tekshirilgan va baholangan dalillardangina foydalanish mumkin. Protsessual qonun talablari buzilgan holda toʻplangan dalillar ayblov asosiga qoʻyilishi mumkin emas.