Gumon qilinuvchi va ayblanuvchini himoya huquqi bilan taʼminlashga oid qonunlarni qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 7-band. Gumon qilinuvchini, ayblanuvchini himoya huquqi bilan taʼminlashning muhim elementlaridan…

Gumon qilinuvchini, ayblanuvchini himoya huquqi bilan taʼminlashning muhim elementlaridan biri qonun tomonidan unga surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud (sudya)ning protsessual harakati yoki qarori ustidan belgilangan tartibda shikoyat berish huquqining berilishidir. Jinoyat ishini yuritishga masʼul davlat organlari va mansabdor shaxslarining harakatlari va qarorlari ustidan shikoyat gumon qilinuvchining, ayblanuvchining himoyachisi va qonuniy vakili tomonidan ham berilishi mumkin.