Portlovchi moddalar tashqi taʼsir (urish, yoqish, zarba, oʻz-oʻzidan yonish) oqibatida tez ximik oʻzgarishlarga kiruvchi modda va buyumlar boʻlib, bu ximik oʻzgarishlar natijasida uloqtirish yoki vayron qilish kuchiga ega boʻlgan koʻp miqdorda issiqlik va qizigan gaz paydo boʻladi va ajralib chiqadi.