Harbiy xizmatni oʻtash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni koʻrish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 21-band. Boshliqqa, shuningdek, harbiy xizmat yuzasidan oʻziga yuklatilgan vazifalarni…

Boshliqqa, shuningdek, harbiy xizmat yuzasidan oʻziga yuklatilgan vazifalarni bajarayotgan boshqa shaxsga qarshilik koʻrsatish yoki uni mazkur vazifalarni buzishga majbur etish deganda, harbiy xizmatchilarning faoliyatiga ochiqdan-ochiq qarshi chiqish yoki harbiy xizmat manfaatlariga zid ravishda ushbu faoliyat mazmunini oʻzgartirishga harakat qilish tushuniladi. Boshliqqa, shuningdek, harbiy xizmat yuzasidan oʻziga yuklatilgan vazifalarni bajarayotgan boshqa shaxsga qarshilik koʻrsatish yoki uni mazkur vazifalarni buzishga majbur etish jinoyatini kvalifikatsiya qilishda nafaqat boshliqlar, kattalarga nisbatan boʻlgan jinoiy qilmishlarni, balki harbiy majburiyatni bajarayotgan lavozim yoki harbiy unvon boʻyicha boshliqlar, boʻysunuvchi va kichiklarni ham oʻz ichiga qamrab oladi.