Harbiy xizmatni oʻtash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni koʻrish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 35-band. Biron aʼzosini mayib qilish orqali harbiy xizmatdan boʻyin tovlash — harbiy xizmatchining…

Biron aʼzosini mayib qilish orqali harbiy xizmatdan boʻyin tovlash — harbiy xizmatchining oʻz sogʻligʻiga zarar yetkazishidan iborat. Bu harakat qasddan, sunʼiy yoʻl bilan biron-bir aʼzo yoki tana toʻqimasiga zarar yetkazish (masalan, oyoq yoki qoʻl barmoqlari), biron-bir aʼzo funksiyasini buzish (masalan, oshqozon, yurak faoliyatining buzilishi), biron-bir kasallikni sunʼiy ravishda chaqirish yoki oʻzini yolgʻondan kasallikka solish, mavjud kasallikni kuchaytirish orqali sodir etiladi. Sogʻliqqa ziyon oʻqotar yoki sovuq qurollar, kesadigan yoki sanchiladigan buyumlar, turli xil zaharli moddalar, boshqa mexanik, issiqlik yoki ularga oʻxshash vositalar bilan yetkazilishi mumkin. Boʻyin tovlash tarkibi uchun aʼzoni mayib qilish qanday yoʻl bilan sodir etilganligi ahamiyatsiz.