Harbiy xizmatni oʻtash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni koʻrish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 37-band. Hujjatni qalbakilashtirish usuli orqali boʻyin tovlash shundan iboratki, bunda harbiy…

Hujjatni qalbakilashtirish usuli orqali boʻyin tovlash shundan iboratki, bunda harbiy xizmatni oʻtashdan ozod boʻlish maqsadida harbiy xizmatchi oʻz qoʻmondoniga soxta hujjat taqdim etadi. Barcha hollarda qalbakilashtirishning mohiyati shundaki, hujjatda koʻrsatilgan voqea va hodisalar amalda mavjud boʻlmasdan, ularga tayangan holda harbiy xizmatchi oʻzini vaqtincha yoki doimiy ravishda harbiy xizmat majburiyatlarini oʻtashdan ozod qilishni iltimos qiladi. Hujjatlarni qalbakilashtirish — boʻyin tovlash obyektiv tomonining muqarrar belgisi ekanligi sababli, uni JKning hujjatlarni qalbakilashtirish uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddasi bilan qoʻshimcha tavsiflash talab qilinmaydi.