Harbiy xizmatni oʻtash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni koʻrish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 46-band. Jinoyatning subyekti — jangovar, maxsus yoki transport mashinasidan foydalanish uchun…

Jinoyatning subyekti — jangovar, maxsus yoki transport mashinasidan foydalanish uchun masʼul boʻlgan yoki uni bevosita boshqaradigan harbiy xizmatchi boʻladi. Qoidabuzarni boshqarish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikka tortishda uning shtat boʻyicha haydovchi boʻlish-boʻlmasligining va mashinani boshqara olish-olmasligining ahamiyati yoʻq. Instruktor nazorati ostida oʻquv mashinasida boshqarishni oʻrganayotgan harbiy xizmatchini JKning 298-moddasida nazarda tutilgan jinoyat uchun javobgarlikka tortib boʻlmaydi. Bunday holda harakat xavfsizligini taʼminlash instruktorga yuklatilgan boʻlib, aynan u boshqarish qoidalarini buzganlik uchun javobgardir.