Harbiy xizmatni oʻtash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni koʻrish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 49-band. Uchish qoidalarini buzish kemani boshqarishda yoʻl qoʻyilgan xatoliklar, belgilangan…

Uchish qoidalarini buzish kemani boshqarishda yoʻl qoʻyilgan xatoliklar, belgilangan moʻljal yoki yoʻl boshqaruvining yoʻqotilishi, shoʻngʻish holatidan chiqishda kechikish, qoʻnish joyiga yetib kelmasdan yoki u yerdan oʻtib ketib qoʻnish, shassini toʻliq tushirmasdan yerga qoʻnish, qoʻnayotganda pasayish tezligini oshirish va hokazolar bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. Uchishga tayyorgarlik koʻrish qoidalarini buzish ekipaj aʼzolarini uchishga tayyorlash va ruxsat berish qoidalarini bajarmaslik yoki mashinaning oʻzini uchishga tayyorlash qoidalariga rioya qilmaslik bilan bogʻliqdir (bemor uchuvchining uchishi, meditsina koʻrigidan oʻtmaslik, mashinani texnik nosozliklar bilan uchishga chiqarish va hokazolar). Jinoyat tarkibi uchun xos muqarrar alomat — yoʻl qoʻyilgan qoidabuzarlik bilan uning oqibatlari oʻrtasidagi sababiy bogʻlanishning mavjudligidir.