Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi harbiy xizmatni oʻtash tartibiga qarshi jinoyatlar uchun javobgarlik toʻgʻrisidagi qonunlarning sudlar tomonidan toʻgʻri va aniq qoʻllanilishi ustidan nazoratni kuchaytirishi, ushbu masala yuzasidan sud amaliyotini muntazam ravishda umumlashtirib borishi va natijalariga koʻra aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish yuzasidan tegishli tartibda taqdimnoma kiritish choralarini koʻrishi lozim. Shuningdek, sudlar tomonidan aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli organlarga xususiy ajrimlar chiqarish orqali munosabat bildirsinlar.