Ham yuridik, ham jismoniy shaxsdan davlat foydasiga undiriladigan davlat bojini kechiktirish masalasini hal qilishda, sud ularning bu xarajatlarni qisman yoki bir yoʻla toʻlashga pul mablagʻlari boʻlmaganligini tasdiqlovchi holatlar mavjudligi haqidagi dalillarni tekshirishi lozim. Pul mablagʻlarining boʻlmaganligi toʻgʻrisidagi bankning tasdigʻi sudga murojaat qilingan sanadan koʻpi bilan uch kun oldingi sana bilan qayd etilgan boʻlishi lozim.