Sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, iqtisodiy ishni koʻrish bilan bogʻliq chiqimlarga: guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlarga toʻlanishi lozim boʻlgan summalar; dalillarni joyida koʻzdan kechirish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar; sud tayinlagan ekspertizani oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar; sud xabarnomalarini va sud hujjatlarini yuborish bilan bogʻliq pochta xarajatlari; sud majlisini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar; ishni koʻrish bilan bogʻliq boshqa xarajatlar kiradi. Sudlarning eʼtibori sud chiqimlarini toʻlashdan ozod etish qonunda nazarda tutilmaganligiga qaratilsin.