Iqtisodiy ishlar boʻyicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti toʻgʻrisida 9-band. sud hujjatlarining dublikatlarini va koʻchirma nusxalarini berganlik uchun

sud hujjatlarining dublikatlarini va koʻchirma nusxalarini berganlik uchun; Shuningdek, davlat boji daʼvo miqdorini koʻpaytirish va sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizalardan ham undiriladi. Ish hujjatlaridan fotonusxa koʻchirish uchun davlat boji undirilmaydi. 4. Iqtisodiy ishlar boʻyicha davlat bojini toʻlash bilan bogʻliq munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining (bundan buyon matnda IPK deb yuritiladi) 12-bobi va “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonun bilan tartibga solinadi. 5. Davlat boji daʼvo arizasi (ariza), shikoyat sudga berilgunga qadar toʻlanadi, agar qonunda boshqacha belgilanmagan boʻlsa (masalan, toʻlovchi davlat bojini toʻlashdan ozod qilingan yoki sud davlat boji toʻlashni kechiktirgan boʻlsa). Davlat boji naqd pulsiz shaklda toʻlanganligi fakti bankning toʻlov qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi belgisi boʻlgan toʻlov topshiriqnomasi bilan tasdiqlanishi shart. Davlat boji naqd pul shaklida toʻlanganligi fakti bank tomonidan toʻlovchiga beriladigan belgilangan shakldagi kvitansiya bilan tasdiqlanishi kerak. Agar muayyan sudda koʻrilishi kerak boʻlgan bir nechta daʼvo arizalari (arizalar) boʻyicha davlat boji bitta toʻlov topshiriqnomasi bilan toʻlangan boʻlsa, toʻlov topshiriqnomasi ishlardan biriga ilova qilinadi. Qolgan ishlarga sudya tomonidan toʻlov topshiriqnomasi sanasi va raqami koʻrsatilgan hamda toʻlov topshiriqnomasi qoʻshib qoʻyilgan ishga havola qilingan holda davlat boji toʻlanganligi toʻgʻrisida belgi qoʻyiladi (maʼlumotnoma tuziladi). Mazkur qoida pochta xarajatlariga nisbatan ham qoʻllaniladi. 5.1. Ish koʻrish uchun bir iqtisodiy suddan boshqa iqtisodiy sudga IPK 39-moddasiga asosan oʻtkazilganda, avval toʻlangan davlat boji va pochta xarajatlari ishni koʻrish yakuni boʻyicha inobatga olinishi kerak. IPK 152-moddasining uchinchi qismi mazmuniga binoan, sudga taalluqliligiga koʻra fuqarolik ishlari boʻyicha suddan yoki maʼmuriy suddan daʼvo arizasi (ariza) yoki ish materiallari kelib tushganda davlat boji k