Iqtisodiyot sohasidagi jinoiy ishlar boʻyicha sud amaliyotida yuzaga kelgan ayrim masalalar toʻgʻrisida 14-band. Soxta tadbirkorlik toʻgʻrisidagi (JKning 179-moddasi ) ishlarni koʻrishda shaxsning…

Soxta tadbirkorlik toʻgʻrisidagi (JKning 179-moddasi ) ishlarni koʻrishda shaxsning taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan faoliyatni amalga oshirmay turib noqonuniy kreditlar olish, soliqlardan ozod boʻlish, egallashga huquqi boʻlmagan boshqa mulkiy foydani olish maqsadini koʻzlaganligi hisobga olinishi lozim. Bunday maqsadning aniqlanishi shaxsning harakatini Jinoyat kodeksining 179-moddasi hamda talon-toroj qilishga suiqasd qilish va soliq toʻlovlari toʻlashdan boʻyin tovlash va hokazolar uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddalari majmui bilan tavsiflash uchun asos boʻlishi mumkin. Bu oʻrinda sudlar ushbu qonun meʼyorining maqsadi xoʻjalik aylanma mablagʻining ishonchliligini taʼminlashdan, bozorda faoliyat olib borish qoidalarini qoʻriqlashdan, jamiyat, davlat, fuqaroning iqtisodiy manfaatlarini muhofazalashdan, jumladan, ularga soliq va kredit sohalarida mulkiy zarar yetkazilishidan himoyalashdan iborat ekanligini eʼtiborga olishlari kerak.