Iqtisodiyot sohasidagi jinoiy ishlar boʻyicha sud amaliyotida yuzaga kelgan ayrim masalalar toʻgʻrisida 2-band. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 65-moddasiga muvofiq mamlakat…

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 65-moddasiga muvofiq mamlakat iqtisodiyotining negizini turli shakllardagi mulk tashkil etadi. Mulk huquqi mutlaq huquq hisoblanadiki, u bu huquqni buzadigan har qanday harakatlarni taqiqlashni taqozo qiladi. Jamiyatda mulk huquqini eʼzozlash vaziyati vujudga keltirilishi lozimligini, unga nisbatan har qanday tajovuzlarning sodir etilishi muqarrar javobgarlikka va jazoga tortilishi kerakligini taʼkidlash lozim.