Iqtisodiyot sohasidagi jinoiy ishlar boʻyicha sud amaliyotida yuzaga kelgan ayrim masalalar toʻgʻrisida 29-band. Sudlar, jazo tayinlashga individual yondoshish tamoyillariga rioya qilgan xolda…

Sudlar, jazo tayinlashga individual yondoshish tamoyillariga rioya qilgan xolda tovlamachilarga, oʻzganing mulkini talon-toroj qiluvchilarga, soliq toʻlashdan ashaddiy boʻyin tovlovchilarga, oʻzlarining harakatlari bilan davlat va jamoat manfaatlariga yoki fuqarolarning huquq va manfaatlariga jiddiy ziyon yetkazgan mansabdor shaxslarga, jinoiy guruhlarning tashkilotchilari va faol ishtirokchilariga nisbatan qattiq jazolarning qoʻllanilishini taʼminlashga majburdirlar. Shuning bilan birga, iqtisodiyot sohasidagi ishlarni koʻrayotganda sudlar moddiy sanksiyalarni, shuningdek, muayyan mansabni egallash yoki muayyan faoliyat bilan shugʻullanish huquqidan mahrum qilish tariqasidagi qoʻshimcha jazolarni kengroq qoʻllashlari lozim boʻladi. Davlatga va fuqarolarga yetkazilgan zararni toʻliq undirishga erishilsin.