Jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari ozod qilish va jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 14-band. Agar jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoni yengilrogʻi bilan…

Agar jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish rad etilgan mahkumga nisbatan tegishli iltimosnoma takroran sudga JIK 164-moddasi beshinchi qismida belgilangan olti oylik muddatdan ilgari kelib tushsa, sudya iltimosnomani qabul qilishni rad etish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi va uni ariza egasiga qaytaradi. Bunda qonunda belgilangan olti oylik muddat sud tomonidan jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilishni yoki jazoni yengilrogʻi bilan almashtirishni rad etish toʻgʻrisida ajrim chiqarilgan kundan boshlab hisoblanadi.