Jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari ozod qilish va jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 19-band. Jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoni yengilrogʻi bilan…

Jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish toʻgʻrisidagi taqdimnoma (iltimosnoma) qanoatlantirilganda, sudya mahkumga, tegishlicha, JK 73-moddasining oʻninchi qismida yoki JK 74-moddasining yettinchi qismida nazarda tutilgan qoidalarni tushuntirishi shart boʻlib, bu haqda ajrimning qaror qismi va sud majlisi bayonnomasida koʻrsatilishi lozim.