Sud tomonidan jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda, mahkum ozodlikdan mahrum qilish joylaridan jinoyat-ijroiya qonunida belgilangan tartibda ozod etiladi. Taqdimnoma (iltimosnoma)ni koʻrib chiqish natijasi boʻyicha ajrim nusxasini sud darhol jazoni ijro etuvchi organga, ariza egasiga, hukm chiqargan sudga, shuningdek ichki ishlar organlarining axborot markaziga yuborishi lozim.