JK 75-moddasi birinchi qismiga muvofiq, shaxs hukm chiqarilgandan keyin oʻz harakatlarining ahamiyatini anglay olmaydigan va boshqara olmaydigan darajada ruhiy holati buzilganda, shuningdek, jazoni oʻtashga toʻsqinlik qiladigan boshqacha ogʻir kasallikka chalinib qolsa, jazoni oʻtashdan ozod qilinishi lozim. Qonunning mazkur normasi asosida mahkumni jazoni oʻtashdan ozod qilish uchun u kasallikka chalinganligi aniqlangan paytga qadar sud tomonidan tayinlangan jazoning qancha qismini oʻtaganligi ahamiyatga ega emas.