Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari va Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari ozod qilish va jazoni yengilrogʻi bilan almashtirishga oid qonunlarni qoʻllash boʻyicha sud amaliyotini muntazam umumlashtirishlari, bunday toifaga oid materiallar boʻyicha sud qarorlarining qonuniy va asoslantirilganligini sinchiklab tekshirishlari, qonun buzilishi holatlarini oʻz vaqtida bartaraf etish choralarini koʻrishlari lozim.