Jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari ozod qilish va jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 8-band. Jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoni yengilrogʻi bilan…

Jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoni yengilrogʻi bilan almashtirishga oid masalani hal etishda sud jazoning oʻtalmagan qismini JK 72-moddasi tartibida shartliga almashtirishga haqli emas. Bunda sud, faqat, iltimosnomani qanoatlantirishi yoki rad etishi mumkin. Agar jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoni yengilrogʻi bilan almashtirishga oid iltimosnoma sudga kelib tushgandan soʻng mahkumni jazodan ozod qilishni yoki unga nisbatan tayinlangan jazoni qisqartirishni (kamaytirishni) nazarda tutuvchi amnistiya akti eʼlon qilinsa, sud muhokamasi boshlanganidan qatʼiy nazar, sud iltimosnomani koʻrmasdan qoldiradi va bu haqda jazoni ijro etuvchi organga xabar beradi.