Sudning pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk kelib chiqishining jinoiyligi haqidagi xulosasi, jinoyat ishidagi boshqa materiallar bilan bir qatorda, quyidagilarga asoslanishi mumkin: asosiy jinoyat boʻyicha chiqarilgan ayblov hukmiga; JPK 84-moddasida nazarda tutilgan asoslarga koʻra, ishning asosiy jinoyat boʻyicha tugatish toʻgʻrisidagi dastlabki tergov organi qarori yoki sudning ajrimiga, basharti jinoyat ishi materiallarida asosiy jinoyat hodisasi va jinoyat tarkibi borligi toʻgʻrisida dalillar mavjud boʻlsa.