Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, jinoiy faoliyat natijasida orttirilgan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulkka nisbatan mulkiy huquq va majburiyatlarni vujudga keltirish, oʻzgartirish yoki tugatishga qaratilgan harakatlarni sodir etishda ishtirok etgan shaxsning harakatlarini kvalifikatsiya qilish masalasini hal etishda, har bir holatda bu shaxs mazkur mol-mulk jinoiy faoliyat natijasida orttirilganligini aniq bilgan-bilmaganligi aniqlanishi shart. Masalan, agar shaxs jinoiy faoliyat natijasida topilgan mulkni legallashtirishni xohlab oldi-sotdi shartnomasi tuzgan boʻlsa va oluvchi sotuvchida mazkur mulkka qonuniy tus berish maqsadi borligini anglagan holda bu mulkni sotib olsa, oluvchining harakatlari daromadlarni legallashtirishga koʻmaklashish sifatida JK 28 , 243-moddalari bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim. Bunday hukm keyinchalik mulkni oldi-sotdi shartnomasi fuqarolik sud ishlarini yuritish tartibida haqiqiy emas deb topilishi uchun asos boʻlib xizmat qilishi mumkin. Notarius tomonidan mansab vakolatlaridan pul mablagʻlari yoki boshqa mulkni legallashtirishga qaratilgan bitimni oʻzi bila turib tasdiqlash uchun foydalanilishi daromadlarni legallashtirishga koʻmaklashish sifatida (JK 28 , 243-moddalari ) bilan, bunga asoslar boʻlganda esa, Jinoyat kodeksining boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi boshqa moddalari bilan ham bilan kvalifikatsiya qilinadi,