Jinoyat ishlari boʻyicha protsessual chiqimlarga quyidagilar kirmaydi: guvoh, jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari, ekspert, mutaxassis, tarjimon, xolis, jamoat ayblovchisi va jamoat himoyachisi tariqasida chaqiriladigan shaxsning surishtiruv, tergov organlari, prokuror yoki sudga chaqirilganligi bilan bogʻliq vaqt uchun ularning ish joyida qonunga koʻra saqlanib qoluvchi oʻrtacha ish haqi; ekspert, mutaxassis, tarjimonga u surishtiruv, dastlabki tergov yoki sudda oʻz vazifalarini bajarganligi uchun toʻlanadigan haq, basharti bu vazifalar xizmat topshirigʻi tartibida bajarilganda; mazkur ishni surishtiruv, dastlabki tergov organlari va sudda yuritish bilan bogʻliq devonxona va pochta xarajatlari.