Jinoyat ishlari boʻyicha protsessual chiqimlarni undirish amaliyoti toʻgʻrisida 6-band. Tushuntirilsinki, JPK 471-moddasi 3-bandiga koʻra, protsessual chiqimlarga doir masala…

Tushuntirilsinki, JPK 471-moddasi 3-bandiga koʻra, protsessual chiqimlarga doir masala hukmda (ajrimda) hal etilishi shart boʻlib, unda chiqimlar kimga va qay miqdorda yuklanishi koʻrsatiladi. Protsessual chiqimlarga doir masala hukm (ajrim) chiqarish paytida hal etilmagan hollarda, bu masala hukm (ajrim) chiqargan sud tomonidan JPK 541-moddasi tartibida hal qilinishi lozim.