Jinoyat ishlari boʻyicha sud qarorlarini ijro etishga oid qonunlarni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida 4-band. Sud ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan shaxsga nisbatan hukm ijrosini, faqat…

Sud ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan shaxsga nisbatan hukm ijrosini, faqat JPK 533-moddasida nazarda tutilgan asoslardan biri mavjud boʻlganda, kechiktirishi mumkin. Kechiktirish uchun asos boʻlgan holatlar barham topgandan yoki sud tomonidan belgilangan kechiktirish muddati tugagandan soʻng hukm uni chiqargan sud tomonidan ijroga qaratilishi shart, amnistiya akti qoʻllanilgan yoki qilmishning jinoiyligini istisno etadigan yangi qonun qabul qilingan hollar bundan mustasno. 4¹. Sudlar, mahkum jazoni oʻtashiga monelik qiladigan darajada ogʻir kasal boʻlib qolganida, — u sogʻayguniga qadar kechiktirilgan hukm ijrosi yuzasidan har olti oyda kamida bir marta ekspertiza tayinlagan holda mahkumning sogʻligʻini aniqlash choralarini koʻrishlari lozim.