Jinoyat ishlarini apellyatsiya, kassatsiya tartibida koʻrish amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida 27-band. Boshqa epizodlar bilan umumiy kvalifikatsiya qilingan bir yoki bir necha epizod (masalan…

Boshqa epizodlar bilan umumiy kvalifikatsiya qilingan bir yoki bir necha epizod (masalan, bir necha marta pora olganlik) boʻyicha ish holatlari toʻliq tekshirilmagan deb topilganda, agar yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni toʻldirish uchun imkoniyat boʻlmasa, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari hukmni oʻzgartirib, ularni hukmdan chiqarishi lozim. Agar mahkum JKning turli moddalari boʻyicha kvalifikatsiya qilingan bir necha jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilgan boʻlsa, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari hukmning bir yoki bir necha jinoyatga oid qismini oʻzgartirib, oʻsha mahkumga nisbatan hukmning qolgan qismini oʻzgarishsiz qoldirishi mumkin.