JPK 497³⁴ , 509¹¹-moddalariga muvofiq, ishni xususiy shikoyat (protest) boʻyicha koʻrganda, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari quyidagilarga haqli: 1) birinchi instansiya sudining ajrimini oʻzgarishsiz, xususiy shikoyatni (xususiy protestni) esa, qanoatlantirmasdan qoldirishga; 2) birinchi instansiya sudining ajrimini bekor qilishga va ishni yangidan sudda koʻrib chiqish uchun yuborishga; 3) birinchi instansiya sudining ajrimini bekor qilishga va ishni umumiy qoidalar boʻyicha surishtiruv yoki dastlabki tergovni oʻtkazish uchun prokurorga yuborishga; 4) birinchi instansiya sudining ajrimini bekor qilishga va amnistiya aktini qoʻllashga; 5) birinchi instansiya sudining ajrimini bekor qilishga va ish yuritishni tugatishga; 6) birinchi instansiya sudining xususiy ajrimini bekor qilishga; 7) birinchi instansiya sudining ajrimini oʻzgartirishga. Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlarining birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan berilgan xususiy shikoyat (xususiy protest) boʻyicha chiqarilgan ajrimi uzil-kesil hisoblanib, bundan JPK 308 , 317-moddalarida va 59-bobida nazarda tutilgan hollar mustasno.