Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, oqlov hukmining asosi bu haqda shikoyat berilgan hollardagina oʻzgartirilishi mumkin (JPK 495-moddasining ikkinchi qismi). Oqlov hukmi apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari tomonidan, faqat shaxsning asossiz oqlanganligi toʻgʻrisida jabrlanuvchi (uning vakili)ning shikoyati yoki prokurorning protesti boʻlgan hollarda bekor qilinishi mumkin. Ayrim oqlangan shaxslarga nisbatan shikoyat (protest) berilishi boshqa oqlangan shaxslarga nisbatan hukmning bekor qilinishi yoki oʻzgartirilishi uchun asos boʻlmaydi.