Jinoyat ishlarini birinchi instansiya sudida muhokama qilish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 4-band. JPK 407-moddasida nazarda tutilgan hollarda ishda ishtirok etgan zaxiradagi xalq…

JPK 407-moddasida nazarda tutilgan hollarda ishda ishtirok etgan zaxiradagi xalq maslahatchisi sud majlisida ish muhokamasi boshlangandan tugagunga qadar uzluksiz ishtirok etishi shart. Qonun mazmuniga koʻra, zaxiradagi xalq maslahatchisi dalillarni tekshirishda ishtirok etishga, raislik qiluvchi ruxsati bilan soʻroq qilinayotgan shaxslarga savollar berishga haqli.