Jinoyat ishlarini birinchi instansiya sudida muhokama qilish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 7-band. Shuni nazarda tutish lozimki, JPK 410 — 412-moddalariga muvofiq, sudlanuvchi, himoyachi…

Shuni nazarda tutish lozimki, JPK 410 — 412-moddalariga muvofiq, sudlanuvchi, himoyachi va prokurorning sud majlisiga kelishi ularning majburiyati hisoblanadi, chunki bu ish materiallarini toʻliq, har tomonlama va xolisona tekshirish zarurati bilan bevosita bogʻliq boʻlib, bunga rioya etmasdan qonuniy va adolatli qaror qabul qilish imkoniyati yoʻq. Shu munosabat bilan qayd etilgan protsess ishtirokchilaridan birortasi sud majlisiga kelmagan taqdirda, ishning muhokamasi keyinga qoldirilishi (JPK 410-moddasining uchinchi qismi bilan nazarda tutilgan hollar bundan mustasno) va uning sudga kelishini taʼminlash boʻyicha qonunda nazarda tutilgan choralar koʻrilishi lozim.