Jinoyat ishlarini birinchi instansiyada koʻrib chiqishga tayyorlash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 10-band. Jinoyat ishini JPK 401¹-moddasida koʻrsatilgan asoslarga koʻra prokurorga yuborish…

Jinoyat ishini JPK 401¹-moddasida koʻrsatilgan asoslarga koʻra prokurorga yuborish toʻgʻrisidagi masalani hal qilishda, surishtiruv yoki dastlabki tergov jarayonida yoʻl qoʻyilgan texnik yoʻsindagi kamchiliklar deganda, jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish toʻgʻrisidagi qaror, ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasi, shuningdek, tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash uchun ishni sudga yuborish toʻgʻrisidagi qaror yozuvida yoʻl qoʻyilgan xatolar, harfiy xatolar va arifmetik xatolar tushuniladi.