Ishni JPK 403-moddasiga muvofiq, sud muhokamasiga tayyorlash boʻyicha sudya koʻrishi lozim boʻlgan boshqa choralarga, shuningdek, qamoqda yoki uy qamogʻida saqlanayotgan shaxslar sudga olib kelinishini taʼminlash, ishda ishtirok etishga tarjimonni jalb etish, xavfsizlik choralarini taʼminlash, sud majlisini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazish bilan bogʻliq masalalarni hal qilish kiradi.