Ish sud muhokamasiga tayinlangandan soʻng sudya JPK 402-moddasida koʻrsatib oʻtilgan shaxslarning, shuningdek, ishga yangidan kirishgan himoyachining, jabrlanuvchi vakilining iltimosi boʻyicha, ularga ish bilan tanishish uchun ish materiallari hajmini hisobga olib, oqilona muddat belgilagan holda, imkoniyat yaratishi shart. Ish materiallari bilan tanishib chiqqanlik toʻgʻrisida iltimosnoma bergan shaxsdan tilxat olinib, u ishga qoʻshib qoʻyiladi.