Jinoyat ishlarini birinchi instansiyada koʻrib chiqishga tayyorlash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 23-band. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, dalilni nomaqbul ekanligi sababli chiqarib…

Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, dalilni nomaqbul ekanligi sababli chiqarib tashlash toʻgʻrisida himoya tarafi iltimosnomasi vajlarini rad etish vazifasi, basharti iltimosnoma dalillar qonunga xilof usullar bilan yoki jinoyat protsessi ishtirokchilarini qonun bilan kafolatlangan huquqlaridan mahrum qilgan yoki ularning huquqlarini cheklagan yoxud JPK boshqa talablarini buzgan holda olinganligiga asoslangan boʻlsa, prokurorning zimmasida boʻladi. Qolgan hollarda isbotlash vazifasi iltimosnoma bergan taraf zimmasida boʻladi. Dalilni chiqarib tashlash toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrayotganda, sudya JPK 405⁶-moddasining oʻn uchinchi qismiga asosan, guvohni soʻroq qilishga va iltimosnomada koʻrsatilgan hujjatni ish materiallariga qoʻshishga haqli. Bunda guvoh sifatida faqat tergov harakatlari olib borilishi yoki maqbulligi nizolashilayotgan hujjatlarni olib qoʻyish va ishga qoʻshish holatlari toʻgʻrisida nimadir maʼlum boʻlgan shaxslar soʻroq qilinishi mumkin.