Jinoyat ishlarini birinchi instansiyada koʻrib chiqishga tayyorlash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 4-band. Tushuntirilsinki, jinoyat ishini sudlovga tegishlilik qoidalariga rioya etgan holda…

Tushuntirilsinki, jinoyat ishini sudlovga tegishlilik qoidalariga rioya etgan holda boshqa sudga oʻtkazayotganda, sud zarurat boʻlganda, ehtiyot chorasi toʻgʻrisidagi masalani JPK 395-moddasiga muvofiq, chiqariladigan ajrimda hal etishi mumkin. Jinoyat ishi sudlovga tegishliligi boʻyicha yuborilganda, JPK 396-moddasi birinchi qismining 2 , 3 , 5 — 7-bandlarida koʻrsatilgan masalalar sud tomonidan hal etilmaydi.