Jinoyat ishlarini kassatsiya va nazorat tartibida koʻrish amaliyoti haqida 12-band. Yuqori instansiya sudi, asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, mahkumni oʻta xavfli retsidivist…

Yuqori instansiya sudi, asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, mahkumni oʻta xavfli retsidivist deb topishga, unga tarbiya koloniyasi yoki jazoni ijro etish koloniyasining ogʻirroq turini belgilashga, jinoyat oqibatida yetkazilgan zararni qoplash miqdorini ish hujjatlariga asosan koʻpaytirishga, hukmning ayrim mahkumlarga qoʻyilgan ayblov qismini yoki fuqaroviy daʼvo qismini bekor qilishga yoki oʻzgartirishga haqlidir. Sud jinoyat ishini kassatsiya yoki nazorat tartibida koʻrgan vaqtida jazoni kuchaytirishga, shuningdek, ogʻirroq jinoyatga doir qonun moddalarini qoʻllashga haqli emas. Shuningdek, mahkumning ahvolini ogʻirlashtiradigan oʻzgarishlar nazarda tutilgan boʻlsa, sud qarorlarini nazorat tartibida qayta koʻrib chiqishga ular qonuniy kuchga kirganidan keyin bir yil mobaynidagina yoʻl qoʻyilishiga eʼtibor qaratilsin (Jinoyat-protsessual kodeksining 513-moddasi ).