Yuqori bosqich sudi shaxsning qilmishlari notoʻgʻri kvalifikatsiya qilingan degan toʻxtamga kelsa, uni tegishli jinoyat qonuniga qayta kvalifikatsiya qiladi. Qayta kvalifikatsiya qilingan qonun boʻyicha qilmish uchun javobgarlikka tortish muddati oʻtgan boʻlsa yoki amnistiya akti asosida jinoyat ishi qoʻzgʻatilmasligi taqozo etilsa, Jinoyat-protsessual kodeksining 84-moddasi 1-qismining 1 , 2-bandlari asosida ish tugatiladi. Aybdorni jinoiy javobgarlikdan ozod qiluvchi amnistiya aktiga zid ravishda yoki jinoiy javobgarlikka tortish muddati oʻtganidan soʻng jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan va yuritilgan taqdirda, mahkum, garchand, jazoni oʻtashdan ozod qilingan boʻlsada, ayblov hukmi bekor qilinib, ish tugatiladi.