Nazorat instansiyasi sudida jinoyat ishlari Jinoyat-protsessual kodeksining 506-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq koʻriladi. Jumladan, ushbu moddada sudyalar maslahatlashuvining sir saqlanishiga rioya etish koʻzda tutilganligini eʼtiborga olish zarur. Zero, Jinoyat-protsessual kodeksining 487-moddasiga binoan, sudyalar maslahatlashuvi sir saqlanishining buzilishi Jinoyat-protsessual qonunining jiddiy buzilishi hisoblanadi.