Jinoyat ishlarini kassatsiya va nazorat tartibida koʻrish amaliyoti haqida 19-band. Jinoyat ishining nazorat tartibida qayta koʻrilishiga faqat ishdagi hujjatlardan kelib…

Jinoyat ishining nazorat tartibida qayta koʻrilishiga faqat ishdagi hujjatlardan kelib chiqadigan asoslar mavjud boʻlgandagina yoʻl qoʻyiladi. Sud qarorlarining qonuniyligi va asosliligini shubhaga soluvchi holatlar, ular qonuniy kuchga kirgandan keyin aniqlangan boʻlsa, bunday sud qarorini qayta koʻrib chiqish masalasi, faqat, yangi ochilgan holatlar munosabati bilan ish yuritish tartibida hal etilishi mumkin. Agarda, shu koʻrsatilgan holatlarda nazorat tartibida protest keltirilgan boʻlsa, nazorat bosqich sudi protestni qanoatlantirmasdan qoldirib, ishni barcha hujjatlar bilan birga yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qoʻzgʻatish uchun prokurorga yuboradi.