Jinoyat ishlarini kassatsiya va nazorat tartibida koʻrish amaliyoti haqida 2-band. Tushuntirilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 498 , 510…

Tushuntirilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 498 , 510 , 511 va 516-moddalarida sud qarorlari ustidan belgilangan tartibda shikoyat berish yoki protest bildirishga, shuningdek, sud qarorlarini nazorat tartibida qayta koʻrib chiqishni iltimos qilishga haqli boʻlgan protsess ishtirokchilari va shaxslar qatʼiy belgilangan boʻlib, bunday shaxslar doirasini kengaytirib talqin qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.