Kassatsiya va nazorat bosqich sudlarining qarorlari aniq, tushunarli, izchil ifodalangan, mantiqiy va huquqiy asoslantirilgan boʻlishi hamda Jinoyat-protsessual kodeksining 496-moddasida nazarda tutilgan holatlarni, albatta aks ettirgan holda tuzilgan boʻlishi shart. Bu talablarning bajarilmaganligi ularni oʻzgartirish yoki bekor qilishga asos boʻla oladi.